Salomatlikka oid so‘nggi uskuna va texnologiyalar namoyishi

18:11 15 Aprel 2025 Jamiyat
116 0

Mamlakatimizning “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tutash hududi — “CAEx Uzbekistan” xalqaro ko‘rgazmalar markazida “Sog‘liqni saqlash — TIHE 2025” 29-Toshkent xalqaro ko‘rgazmasi ochildi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi va boshqa tegishli tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan ushbu ko‘rgazmada yigirmadan ziyod davlatlardan 400 dan ortiq kompaniyalar hamda brendlar ishtirok etyapti.

Ular orasida AQSH, BAA, Belarus, Buyuk Britaniya, Germaniya, Indoneziya, Ispaniya, Rossiya, Singapur, Turkiya, Ukraina, Xitoy, Qozog‘iston kabi davlatlarning vakillari ham eng so‘nggi rusumdagi texnologiyalarini namoyish qilmoqda. Buning uchun qatnashchilarga yetarlicha shart-sharoit yaratib berilgan.

Darvoqe, ushbu markazda bu yil birinchi marta estetik tibbiyot, “anti-age” parvarishi hamda go‘zallik sanoatiga bag‘ishlangan “Beauty Uzbekistan — 2025” ko‘rgazmasi ham o‘tkazilayotir. Aytish kerakki, yurtimizda ijtimoiy sohaning boshqa yo‘nalishlari qatori sog‘liqni saqlash tizimini  rivojlantirish hamda texnik jihatdan takomillashtirish, xodimlarga xorijnikidan qolishmaydigan qulayliklar yaratishga alohida e’tibor qaratilyapti. Bu esa bugungi islohotlar samaralari va tub o‘zgarishlardan ham yaqqol sezilib bo‘lib turibdi.

Aytish kerakki, ko‘rgazma tibbiy diagnostika, laboratoriya jihozlari, jarrohlik, terapevtik, hayotni qo‘llab-quvvatlash uskunalari, reabilitatsiya moslamalari hamda soha uchun zarur bo‘lgan barcha texnikani bir joyda jamlash imkonini beradi. Bu mahalliy tibbiyotimiz uchun yangi uskunalarni xarid qilish, teng manfaatli shartnomalar tuzish borasida qulay platformani yaratadi. 

Qolaversa, mahalliy farmatsevtika sanoatini rivojlantirishga bag‘ishlangan “PharmExpo Central Asia — 2025” ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasida  farmatsevtika tarmog‘i uchun xomashyo hamda komponentlar, shuningdek, tayyor dori vositalari namoyish etildi. 

Mahalliy farmatsevtika korxonalari vakillari bu yerda sanoatning so‘nggi tendensiyalari, tayyor farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun ingrediyentlar bilan yaqindan tanishish, dori vositalari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha xorijiy kontragentlar bilan aloqa o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. 

Shu bilan birga, tadbir doirasida stomatologiya amaliyoti uchun zamonaviy yechimlar, asbob-uskunalar, dori-darmonlar hamda boshqa zarur vositalar taklif etilmoqda.

Mazkur yirik ko‘rgazma o‘z ishini 17-aprelga qadar davom ettiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер