Saida Mirziyoyeva Qozogʻiston Prezidenti bilan uchrashdi
Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram
Bugun, 5-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva Ostonada Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqda Mirziyoyevaning oʻzi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, uchrashuv davomida mintaqaviy va xalqaro kun tartibi atroflicha muhokama qilingan. Shuningdek, Oʻzbekiston-Qozogʻiston oʻrtasida axborot-mafkura, madaniy-gumanitar, taʼlim va yoshlar siyosati sohasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga alohida eʼtibor qaratilgan.
“Suhbat chogʻida Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi ochiq, ishonchli va doʻstona muloqot misli koʻrilmagan darajaga koʻtarilgani hamda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi strategik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashda beqiyos ahamiyatga ega ekani taʼkidlandi”, deb yozadi Prezident yordamchisi.
Oqoʻrda matbuot xizmatining xabar berishicha, uchrashuvda Qasim-Jomart Toqayev Qozogʻiston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikning ittifoqchi va strategik xarakterini qayd etib, oliy va yuqori darajadagi siyosiy muloqotni samarali kengaytirish uchun Prezident maʼmuriyatlari oʻrtasida yaqin aloqalarni yoʻlga qoʻyish muhimligini taʼkidlagan.
Prezident, shuningdek, Ostonada “Zakovat” xalqaro intellektual oʻyinlari oʻtkazilishini qoʻllab-quvvatladi va bu kabi tadbirlar xalqlarning madaniy yaqinlashuvida muhim ligini qayd etgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring