Saida Mirziyoyeva Oʻzbekistonga evakuatsiya qilingan falastinlik bolalar bilan uchrashdi
Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram
Avvalroq 100 nafar falastinlik Rafahdan Oʻzbekistonga evakuatsiya qilingani va reabilitatsiya markazlari hamda shifoxonalarga joylashtirilgani haqida xabar berilgan edi.
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva kecha, 30-dekabr kuni Oʻzbekistonda davolanayotgan falastinlik bolalar bilan uchrashib, ularga Prezidentimizning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazganini maʼlum qildi.
“Yangi yil arafasida yurtimizda davolanayotgan falastinlik bolalardan xabar oldim. Prezidentimizning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdim. Shuncha qiyinchiliklarga qaramay, ular qalbida begʻuborlik va moʻjiza istagini saqlab qolgani chindan ham hayratlanarli. Umid qilamanki, eʼtibor va mehr soʻzlari ularning koʻnglida yorugʻ kelajakka ishonch uygʻotadi. Ularga va jafokash Falastin xalqiga tinchlik va farovonlik tilaymiz”, deb yozdi Prezident yordamchisi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring