Trampning migratsiya cheklovlari: roʻyxatda Markaziy Osiyo davlati ham bor
Vashingtonda Milliy gvardiyaning ikki nafar aʼzosi otib oʻldirilganidan keyin Tramp maʼmuriyati immigratsiyaga qarshi kurash choralarini keskin kuchaytirdi. Prezident Donald Tramp koʻrsatmasiga binoan, 19 mamlakatdan kelgan fuqarolarga berilgan yashil kartalar (Green Card) qayta koʻrib chiqiladi.
“Xavfli” deb hisoblangan davlatlar roʻyxatiga Markaziy Osiyodagi Turkmanistondan tashqari Afgʻoniston, Birma, Chad, Kongo Respublikasi, Ekvatorial Gvineya, Eritreya, Gaiti, Eron, Liviya, Somali, Sudan, Yaman, Burundi, Kuba, Laos, Serra-Leone, Togo va Venesuela kirgan.
Endilikda ushbu davlat fuqarolarini qabul qilishda har bir mamlakatga xos xavfsizlik omillari alohida hisobga olinadi.
Vashingtondagi otishma sodir etganlikda gumonlangan va qoʻlga olingan Rahmonulla Lakanval Afgʻoniston fuqarosi ekani maʼlum qilingan. Shu hodisadan soʻng Afgʻoniston fuqarolarining immigratsiya soʻrovlarini koʻrib chiqish jarayoni xavfsizlik tekshiruvlari qayta ishlab chiqilgunga qadar nomaʼlum muddatga toʻxtatildi.
Maʼlumotlarga koʻra, Lakanval avval AQSH hukumati, jumladan Markaziy razvedka boshqarmasi (CIA) bilan hamkorlik qilgan. 2021-yilda Afgʻonistonda AQSH kuchlariga yordam berganidan soʻng Baydenning “Ittifoqchilar, xush kelibsiz” operatsiyasi doirasida AQSHga kelgan. 2024-yilda boshpana soʻrab murojaat qilgan va Tramp maʼmuriyati uning ishini 2025-yil aprelida qayta koʻrib chiqqan.
Davlat departamenti maʼlumotiga koʻra, 2021-yil avgustida AQSH harbiylari Afgʻonistonni tark etganidan beri 190 mingdan ortiq afgʻon fuqarosi AQSHga koʻchib kelgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring