Saida Mirziyoyeva AQSh Kongressi aʼzosi bilan uchrashdi
Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Amerika Qoʻshma Shtatlari Kongressi aʼzosi, Oʻzbekiston bilan hamkorlik boʻyicha parlament kokusi ishtirokchisi Kerol Miller bilan uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqda Prezident yordamchisi oʻzining Telegramʼdagi kanalida yozdi.
Qayd etilishicha, suhbat davomida Saida Mirziyoyeva va Kerol Miller Oʻzbekiston – AQSH munosabatlarini yanada mustahkamlash yuzasidan fikr almashgan.
“Taʼlim sohasidagi islohotlar, xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, bu yoʻnalishlarda Kongress bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalariga toʻxtaldik. Qizgʻin suhbat va qoʻllab-quvvatlov uchun Miller xonimga minnatdorlik bildiraman”, deb yozadi Mirziyoyeva.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring