“S7 Airlines” aviakompaniyasi Irkutskdan Fargʻonaga parvozlarni tiklamoqda
2023-yil 5-maydan boshlab Rossiyaning S7 Airlines aviakompaniyasi, uzoq tanaffusdan soʻng, Irkutsk — Fargʻona — Irkutsk yoʻnalishi boʻyicha parvozlarni tiklaydi.
Reyslar Boeing 737-800 samolyotlarida haftada bir marta — juma kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Bugungi kunda S7 Airlines aviakompaniyasi Toshkent, Buxoro, Samarqand, Urganch va Namangan xalqaro aeroportlariga parvozlarni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda.
S7 Airlines — shtab-kvartirasi Novosibirskda joylashgan Rossiya aviakompaniyasi. U Rossiyadagi eng yirik xususiy aviatashuvchi boʻlib, 26 mamlakatning 180 dan ortiq shaharlariga yoʻlovchi tashuvlarini amalga oshiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring