Ruslan Nurudinov yana bir chempionlikni tantana qildi

10:09 31 Mart 2023 Sport
586 0

Chirchiqda ogʻir atletika boʻyicha yoshlar va kattalar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionati oʻz yakuniga yetib bormoqda. 

Ortda qolgan kunda ayollar (-87 kg va +87 kg) va erkaklar (-96 kg va -102 kg) oʻrtasida ogʻir vazn toifalarida gʻoliblar aniqlandi. 

Kutilganidek, erkaklar oʻrtasida -102 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda Ruslan Nurudinov, ayollar oʻrtasidagi +87 kg toifasida esa Tursunoy Jabborova oltin medallarni qoʻlga kiritishdi. 

Musobaqa bugun yakunlanib, unda erkaklar oʻrtasida -109 kg va +109 kg vazn toifalaridagi bahslar oʻtkaziladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?