Ruminiyada prokurorlar va sudyalar ish tashlashga chiqdi

Arxiv foto
Buxarest tribunalining prokurorlari va Ruminiyaning bir qator sudlari pensiya islohotiga qarshi ish tashlashdi. Taʼkidlanishicha, yangi islohotda sudyalar kechroq pensiyaga chiqishi va kamroq pensiya olishi nazarda tutilgan, deya xabar bermoqda “Hotvews” portali.
Prokurorlar va sudyalarning noroziligiga maxsus pensiyalar toʻgʻrisidagi qonunga taʼsir koʻrsatadigan yangi hukumat islohoti sabab boʻlgan. Hozirgi vaqtda qonun sudyalarga 48 yoshda, 25-yillik ish staji bilan nafaqaga chiqishga ruxsat beradi. Bu yosh 65ga oshiriladi va erta pensiyaga faqat 35-yillik xizmat stajiga ega boʻlganlar chiqa oladi. Bu tashqari islohotda pensiya miqdorini oʻzgartirish ham nazarda tutilgan. Unga koʻra, nafaqa miqdori pensiyaga chiqishdan oldingi oxirgi oy uchun sof daromadning 70 foizidan oshmasligi kerak. Bungacha sudyalar soliqlar ushlab qolinmagan oxirgi ish haqi miqdorining 80 foizini olishlari mumkin edi. Loyihaga koʻra, islohot 1-oktyabrdan kuchga kirishi kerak.
“Buxarest tribunalining prokurorlari 26-avgust, seshanba kuni tinchlik sudyalari uchun maxsus pensiyalar loyihasi qaytarib olinmaguncha oʻz faoliyatini «nomaʼlum muddatga” toʻxtatib qoʻyishini eʼlon qildi. Shu bilan birga, mamlakatning bir qator sudlari oʻz faoliyatini toʻxtatib qoʻyganini eʼlon qilishdi, profilaktika choralariga oid ishlar bundan mustasno», deyiladi manbada.
27-avgustdan boshlab Buxarest, Bakau, Iasi va Alba Yuliya apellyatsiya sudlari ish tashlashga qoʻshilishi kutilmoqda.
Ruminiya Oliy Magistratura Kengashining xabar berishicha, shu kunlarda sudyalar va prokurorlarning ishlagan yillari uchun pensiyalarga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi hamda odil sudlovlar maqomini va sudlar mustaqilligini himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida oʻz fikr-mulohazalarini bildirish maqsadida umumiy yigʻilishlar oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring