Rossiyalik jurnalist Toshkentdagi mehmonxonada oʻlik holda topildi
Ijtimoiy tarmoqlarda rossiyalik jurnalist Inessa Papernaya Toshkent shahridagi mehmonxonalardan birida oʻlik holda topilgani haqida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov mazkur holat yuzasidan “Xalq soʻzi”ga maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 20-oktyabr kuni Mirobod tumanida joylashgan mehmonxonada Rossiya fuqarolari 1979-yilda tugʻilgan Radchenko Maksim va 1977-yilda tugʻilgan Papernaya Inessa Viktorovnalarning vafot etgani aniqlangan.
Bundan tashqari, ushbu mehmonxonadagi boshqa xonaning yuvinish xonasidan 1976-yilda tugʻilgan Oʻzbekiston fuqarosi U.X. ning ham jonsiz tanasi topilgan.
“Dastlabki sud tibbiy tashxisiga koʻra, marhumlarning oʻlimi nomaʼlum etiologiyali zaharlanishdan kelib chiqqanligi koʻrsatilgan”, deydi Shamsutdinov.
Qoʻshimcha qilinishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishini qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Maʼlumot uchun, rossiyalik jurnalist Inessa Papernaya “Lenta” nashri va “Profil” jurnalida faoliyat yuritgan.
“Baza” Telegram kanalida xabar berilishicha, jurnalist Oʻzbekistonga dam olish uchun kelgan. U hamrohi bilan “Karaman Palace” mehmonxonasiga joylashgan boʻlgan. Nashrning yozishicha, hodisa yuz berganidan soʻng “Karaman Palace” mehmonxonasi muhrlangan, hozirda tergov ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring