Rossiyadagi turnirning yarim finalida ringga chiqqan 11 nafar oʻzbekistonlik bokschining barchasi finalga yoʻl oldi

22:33 17 May 2024 Sport
368 0

Foto: Oʻzbekiston boks federatsiyasi

Ayni kunlarda Rossiyaning Xabarovsk shahrida “Konstantin Korotkov” xalqaro xotira turniri oʻtkazilmoqda. Oʻzbekiston boks federatsiyasining maʼlum qilishicha, bugun, 17-may kuni musobaqaning erkaklar oʻrtasidagi yarim final janglari boʻlib oʻtgan

Quvonarlisi, final yoʻllanmasi uchun ringga koʻtarilgan 11 nafar oʻzbekistonlik bokschining barchasi gʻalaba qozonib, hal qiluvchi bosqichga yoʻl olgan. 

  • -54 kg: Hasanboy Doʻstmatov — Denis Soloskix (Belarus);
  • -54 kg: Shahzod Muzaffarov — Hojiakbar Mamayusupov (Rossiya);
  • -57 kg: Abdumalik Halokov — Seul Park (Janubiy Koreya);
  • -60 kg: Dilshod Abdumurodov — Vladislav Smalovskiy (Belarus);
  • -67 kg: Ruslan Abdullayev — Ilgar Salahov (Ozarbayjon);
  • -71 kg: Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev — German Manoungu (Kongo);
  • -80 kg: Toʻrabek Habibullayev — Timofey Mikshenko (Rossiya);
  • -86 kg: Jasurbek Yoʻldoshev — Andrey Masalov (Belarus);
  • -92 kg: Madiyar Saidrahimov — Denis Matsulev (Belarus);
  • +92 kg: Lazizbek Mullojonov — Nikita Nagorniy (Belarus);
  • +92 kg: Bahodir Jalolov — Kesten Okenebulor (Nigeriya).

Chempionlik janglari esa 18-may, shanba kuni boʻlib oʻtadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?