Rossiyadagi fuqaro Toshkentda bezorilik sodir etganlikda ayblangani haqida xabarlar tarqaldi
“Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov Mirobod tuman sudi oʻzbekistonlik fuqaroni Rossiyada boʻlib turgan davrida Toshkentda IIO xodimlarining qonuniy talabiga boʻysunmaslikda ayblab, 15 sutkaga qamash haqida qaror chiqarganini maʼlum qildi.
Tashanov sud qarori va fuqaro pasportiga viza muhri urilgani aks etgan suratlarni ham ilova qilib, hujjatlarda koʻrsatilgan sanalar ham bir-biriga nomutanosib ekanini takidlagan. Unga koʻra, aybdor deb topilgan fuqaro 20-martdan 25-aprelgacha oilasi bilan Rossiyada boʻlgan. Sud hujjatida esa huquqbuzarlik 16-aprelda sodir etilgani koʻrsatilgan.
Sudyalar oliy kengashi mazkur xabar yuzasidan quyidagicha izoh berdi.
“Joriy yilning 17-may kuni jinoyat ishlari boʻyicha Mirobod tuman sudida U.R.ga doir maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ish koʻrib chiqilib, tegishli jazo tayinlangan. Sud qarorida huquqbuzarlik sodir etilgan sana 16-aprel deya qayd etilgan boʻlsa-da, mazkur holat texnik xatolik boʻlib, sudya tomonidan oʻsha vaqtning oʻzida qoʻshimcha qaror chiqarish yoʻli bilan bartaraf etilgan”, deyiladi xabarda.
Aniqlik kiritilishicha, shu yilning 16-may kuni sodir etilgan ushbu maʼmuriy huquqbuzarlikka doir ish materiallari 17-may kuni sudga kelib tushgan boʻlib, elektron taqsimotga koʻra, sudya S. Xoʻjamqulova ish yurituviga olingan. Mazkur jarayon toʻliq raqamlashtirilgan boʻlib, ushbu dasturga inson omilining taʼsiri yoʻq.
“Alohida taʼkidlash shartki, ushbu bayonot sud qarori qonuniyligi yuzasidan Kengash xulosasi sifatida talqin qilinmasligi kerak. Chunki, qonunga koʻra, sud qarorlariga huquqiy baho berish yuqori sud instansiyasi vakolatiga taalluqli”, deyiladi Sudyalar oliy kengashi xabarida.
Kengash sud qarori qonuniy kuchda ekani va texnik xatolik bartaraf etilgani bois sudyaga nisbatan xizmat tekshiruvi oʻtkazishga yetarlicha asos yoʻq deb hisoblaydi. Biroq mavjud holat jamoatchilikda sud hokimiyatiga nisbatan notoʻgʻri tasavvurlar paydo qilishi ehtimolini yuzaga keltirgani eʼtiboridan Toshkent shahar sudiga uning sabablarini oʻrganishni tavsiya qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring