Rossiyada tungi klubni yoqib yuborgan ikki nafar o‘zbekistonlik qamaldi
Rossiyada oʻzlari kiritilmagan klubni yoqib yuborish va qoʻriqchilarga suiqasd uyushtirishda ayblangan Oʻzbekiston fuqarolari 10 va 11-yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Rossiya Tergov qoʻmitasining Boshqirdiston Respublikasi boʻyicha tergov boshqarmasi maʼlum qildi.
Tergov davomida aniqlanishicha, 2023-yil 28-sentyabrga oʻtar kechasi tungi muassasa qoʻriqchilari tomonidan ikki nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi mast holatda boʻlganlikda gumon qilinib, hududga kiritilmagan. Aybdorlar yoqilgʻi quyish shoxobchasidan idishga benzin toʻldirib hududga qaytib keladi va qoʻriqchilardan biriga va muassasaga tez yonuvchi aralashmani sepib, ularni yoqib yuboradi.
Muassasa xodimlari va mehmonlari oʻz vaqtida yongʻin oʻchogʻidan xavfsiz masofaga qochishga muvaffaq boʻlgan. Xodimlar yongʻinni oʻchirishga erishadi. Jinoyatdan soʻng gumonlanuvchilar qochishga uringan, biroq ular politsiyachilar tomonidan Ufa aeroportida Moskvaga olingan chiptalar bilan ushlangan.
Boshqirdiston Respublikasi Tergov boshqarmasi Ufa shahri Kirov tumani boʻyicha tergov boʻlimi tomonidan toʻplangan dalillar sud tomonidan ikki Oʻzbekiston fuqarosini ayblash uchun yetarli deb topildi. Ular Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi “b”, “d”, “e”, “j” bandlari va 30-moddasi 3-qismi (odamni oʻz xizmat faoliyatini amalga oshirishi munosabati bilan oʻldirishga urinish, oʻziga xos shafqatsizlik bilan, umumiy xavfli tarzda, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi.
Ayblanuvchilar 10 va 11-yilga ozodlikdan mahrum qilindi hamda jazoni qattiq tartibli koloniyalarda oʻtash shart etib belgilandi. Shuningdek, jabrlanuvchi foydasiga 200 ming rubl miqdorida maʼnaviy zarar undirildi. Hukm hali qonuniy kuchga kirmagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Isroil zarbalari oqibatida Gʻazoda 90 dan ortiq kishi halok boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring