Rossiyada qiyin ahvolda qolgan oila Oʻzbekistonga qaytarildi
Foto: “Dunyo”
Rossiyaning Novosibirsk viloyatida ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan voyaga yetmagan bola va uning ota-onasi Oʻzbekistonga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi voyaga yetmagan bolaning zarur hujjatlarini rasmiylashtirish va taqdim etish bilan bogʻliq barcha tashkiliy masalalarda yordamlashgan. Shuningdek, u Novosibirsk aeroportida ota-onasiga topshirilgan.
Ushbu oila joriy yilning 9-aprel kuni Rossiyaning S7 aviakompaniyasi aviareysi bilan Oʻzbekistonga joʻnab ketgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari tomonidan Yekaterinburg shahrida oilaviy zoʻravonlik qurboni boʻlgan ayol va uning voyaga yetmagan farzandlariga amaliy yordam koʻrsatilgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, oʻtgan haftada Qozogʻistonning Olmaota shahrida ota-ona qaramogʻisiz qolgan 9 nafar oʻzbekistonlik bola Vatanga qaytarilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Isroil zarbalari oqibatida Gʻazoda 90 dan ortiq kishi halok boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring