Rossiyada qarovsiz qolib ketgan 15 nafar bola Oʻzbekistonga qaytarildi
Ular Oʻzbekistonga qaytarilgunga qadar yashab turgan hududlaridagi bolalar muassasalariga joylashtirilgan.
Oliy Majlisning Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) axborot xizmati xabariga koʻra, idora soʻroviga asosan RF Bolalar ombudsmani mamlakatning turli hududlarida qarovsiz qoldirilgan voyaga yetmagan bolalarni Oʻzbekistonga qaytarilguniga qadar ular yashab turgan hududlardagi bolalar muassasalariga vaqtincha joylashtirib turgan.
Jumladan, bolalarning 4 nafari – Sankt-Peterburg shahrida, 2 nafari – Moskva shahrida, 3 nafari – Volgograd viloyatida, 2 nafari – Tula viloyatida, shuningdek, 4 nafari – Samara, Tombov, Orlov hamda Lipetsk viloyatlaridagi bolalar muassasalarida yashab turgan.
“Biz bolalarni Oʻzbekistonga repatriatsiya qilish uchun qabul qildik. Markazda boʻlgan vaqt mobaynida ularga barcha ijtimoiy va tibbiy yordam koʻrsatildi, dedi Moskva shahridagi «Markaziy” oilaviy tarbiyaga koʻmaklashish markazi boʻlim rahbari Odil Zokirov.
Oʻzbekiston elchixonasi tomonidan bolalarning Vatanga qaytishi uchun zarur sertifikatlar bepul rasmiylashtirildi.
Voyaga yetmagan bolalar Oʻzbekistonga qaytgach, yaqin qarindoshlari homiyligiga yoki mamlakatdagi maxsus bolalar muassasalariga topshiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring