Rossiyada qarovsiz qolib ketgan 15 nafar bola Oʻzbekistonga qaytarildi
Oliy Majlisning Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) axborot xizmati xabariga koʻra, idora soʻroviga asosan RF Bolalar ombudsmani mamlakatning turli hududlarida qarovsiz qoldirilgan voyaga yetmagan bolalarni Oʻzbekistonga qaytarilguniga qadar ular yashab turgan hududlardagi bolalar muassasalariga vaqtincha joylashtirib turgan.
Jumladan, bolalarning 4 nafari — Sankt-Peterburg shahrida, 2 nafari — Moskva shahrida, 3 nafari — Volgograd viloyatida, 2 nafari — Tula viloyatida, shuningdek, 4 nafari — Samara, Tombov, Orlov hamda Lipetsk viloyatlaridagi bolalar muassasalarida yashab turgan.
“Biz bolalarni Oʻzbekistonga repatriatsiya qilish uchun qabul qildik. Markazda boʻlgan vaqt mobaynida ularga barcha ijtimoiy va tibbiy yordam koʻrsatildi, dedi Moskva shahridagi «Markaziy” oilaviy tarbiyaga koʻmaklashish markazi boʻlim rahbari Odil Zokirov.
Oʻzbekiston elchixonasi tomonidan bolalarning Vatanga qaytishi uchun zarur sertifikatlar bepul rasmiylashtirildi.
Voyaga yetmagan bolalar Oʻzbekistonga qaytgach, yaqin qarindoshlari homiyligiga yoki mamlakatdagi maxsus bolalar muassasalariga topshiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring