Rossiyada oʻtkazilgan reydlar chogʻida ikki ozarbayjonlik oʻldirildi

12:23 29 Iyun 2025 Dunyo
307 0

Rossiya xavfsizlik kuchlari tomonidan Yekaterinburg shahrida oʻtkazilgan reydlar chogʻida ikki nafar ozarbayjonlik oʻldirildi. Shu munosabat bilan Rossiyaning Bokudagi vaqtinchalik rasmiy vakili Pyotr Volokovix Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirildi. Bu haqda “Minval.az” xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, joriy yilning 27-iyun kuni Rossiya xavfsizlik kuchlari tomonidan Ozarbayjon diasporasi vakillari yashaydigan xonadonlarda oʻtkazilgan reydlar chogʻida ikki kishi shafqatsizlik bilan oʻldirilgan, yana bir necha kishi ogʻir tan jarohati olgan, toʻqqiz nafar fuqaro esa hibsga olingan. Ozarbayjon TIV shu munosabat bilan Rossiya tomoniga qatʼiy norozilik bildirdi.

“Biz Rossiyadan ushbu ish boʻyicha shoshilinch tergov oʻtkazishini va qisqa vaqt ichida va zoʻravonlik sodir etgan barcha shaxslarning jinoiy javobgarlikka tortishini kutmoqdamiz”, deyiladi rasmiy Boku bayonotida.

Shuningdek, Rossiya hukumati raisi oʻrinbosari Aleksey Overchukning iyun oxiriga rejalashtirilgan Ozarbayjonga tashrifi Boku tomonidan bekor qilingani maʼlum boʻldi. Manbalarga koʻra, yuzaga kelgan vaziyat fonida Ozarbayjon tomoni Overchuk yoki boshqa Rossiya rasmiylarining tashrifini oʻrinli deb hisoblamaydi.

Rossiya Siyosiy tadqiqotlar instituti direktori, siyosatshunos Sergey Markov ham Ozarbayjonning noroziligini qoʻllab-quvvatladi.

“Hech qanday qarshilik koʻrsatmayotgan odamlarga nisbatan oʻtkazilgan reydlar chogʻida ikki kishi halok boʻlsa, uch nafari reanimatsiyaga tushsa — bu dahshatli holat. Bunday boʻlmasligi kerak edi. Norozilik bildirilishi mantiqiy. Endi biz aniq tergov, rasmiy tushuntirish va aybdorlarning jazolanishini kutyapmiz”, deb yozdi u oʻzining Telegram kanalida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер