Rossiyada migrantlarga pichoq olib yurishni taqiqlash taklif qilindi
Rossiya deputatlari mamlakat hududida migrantlarga pichoq olib yurishni taqiqlashni taklif qildi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, Kommunistik partiya (KPRF) fraksiyasi deputatlari guruhi, Mixail Matveyev boshchiligida, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga xoʻjalik-maishiy pichoqlarni — konstruktiv jihatdan sovuq qurolga oʻxshash buyumlarni — olib yurishni taqiqlovchi qonun loyihasini Davlat Dumasiga kiritgan. Oʻzgartirishlar “Qurol haqida”gi federal qonunga kiritilishi taklif etilmoqda.
Hujjatda shunday deyiladi:
“Rossiya hududida xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan sovuq qurol, pichoqlar va boshqa kesuvchi, sanchuvchi, chopuvchi yoki aralash harakatga ega buyumlar, shuningdek xoʻjalik, maishiy yoki ishlab chiqarish uchun sertifikatlangan, ammo konstruksiyasi boʻyicha qurolga oʻxshash buyumlarni olib yurish taqiqlanadi”.
Loyiha izohida keltirilishicha, Rossiyada migrantlar tomonidan sovuq qurol qoʻllash bilan bogʻliq holatlar koʻpaymoqda:
2022-yilda politsiya tomonidan noqonuniy aylanmadan musodara qilingan sovuq qurol soni 2021-yilga nisbatan 25,9% ga koʻpaygan.
Shuningdek, xorijiy fuqarolar tomonidan klassifikatsiya boʻyicha sovuq qurol hisoblanmaydigan pichoqlarni ishlatish holatlari ham yuqori darajada saqlanib qolayotgani taʼkidlangan.
Deputatlar qayd etishicha, migrantlar tomonidan bunday pichoqlar bilan sodir etilayotgan ogʻir jinoyatlar soni oshib bormoqda, mamlakatdagi terrorchilik tahdidi darajasi ham koʻtarilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring