Rossiyada YTH tufayli 6 nafar oʻzbekistonlik jabrlandi
Joriy yilning 22-fevral kuni Perm oʻlkasining Osa tumanida davlat raqami 75B435NA boʻlgan “Lada largus” rusumli avtomashina va “Simaz” avtobusi ishtirokidagi yoʻl transport hodisasi sodir boʻlgan. Bu haqda Qozondagi bosh konsulxona xabar berdi.
Hodisa oqibatida ikki nafar Oʻzbekiston fuqarosi voqea joyida va bir nafari ogʻir jarohatlar sababli shifoxonada vafot etgan. Hodisada jarohat olgan yana uch nafar oʻzbekistonlik Osa markaziy shifoxonasiga joylashtirilgan.
Oʻzbekistonning Qozondagi bosh konsulxonasi tomonidan holat nazoratga olingan boʻlib, marhumlarning jasadlarini Vatanga tezkor qaytarish ishlari yakunlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring