Rossiyada 4 nafar oʻzbekistonlik yigit 21 yoshli qizga tajovuz qilishda ayblanmoqda

18:31 18 Iyun 2024 Jamiyat
484 0

Foto: Videodan kadr

Rossiya hududida noqonuniy boʻlib turgan 4 nafar oʻzbekistonlik yigit Vladivostok shahridagi plyajda 21 yoshli qizga tajovuz qilishda ayblanmoqda. Bu haqda Primorsk oʻlkasi sudlariga tayanib, РИА Новости xabar berdi.

Manbaga koʻra, bugun, 18-iyun kuni Rossiyaning Primorsk oʻlkasi sudi 4 nafar oʻzbekistonlik yigitga 21 yoshli qizning jinsiy daxlsizligini buzish holatlari boʻyicha jinoiy ish ochgan.

Tergov maʼlumotlarida keltirilishicha, Vladivostok aeroportida Federatsiyadan tashqariga qochishni rejalashtirgan Markaziy Osiyo respublikalaridan birining toʻrt nafar fuqarosi qoʻlga olingan. Shuningdek, hujjatda ish joriy yilning 15-iyun kuni Shamora plyaji hududidagi kafeda sodir boʻlgan voqea bilan bogʻliqligi qayd etilgan.

Unga koʻra, oʻsha kuni besh nafar muhojir oldindan til biriktirib, 21 yoshli kafe xodimi (qiz)ga pichoq tiragan va unga tajovuz qilgan.

Qoʻshimcha qilinishicha, sud toʻrt nafar ayblanuvchiga nisbatan ikki oylik qamoqqa olish ehtiyot chorasi tayinlagan. Beshinchisining protsessual holati esa hali aniqlanmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?