Rossiyada 15 nafar Oʻzbekiston fuqarosi hibsga olindi

Rossiyada 15 nafar oʻzbekiston fuqarosi noqonuniy ushlab turilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi holat yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.
Tarqalgan xabarda Rossiya Ichki ishlar vazirligining Odinsova shahar okrugidagi 5-politsiya boʻlimida 15 nafar Oʻzbekiston fuqarosi toʻrt kundan ortiq vaqt davomida noqonuniy ushlab turilgani aytilgan. Vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida 8-avgustda elchixonasi konsullik boʻlimi xodimlari Moskva viloyati Odinsova shahar okrugidagi boʻlimiga tashrif buyurgan.
Uchrashuv davomida politsiya boʻlimida 15 nafar Oʻzbekiston fuqarosi borligi, ular Rossiya ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan Odinsova shahar okrugida oʻtkazilgan reyd natijasida hibsga olingani aniqlandi.
Yuqorida qayd etilgan Oʻzbekiston fuqarolari Moskva viloyati hududida tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan mehnat faoliyatini noqonuniy ravishda olib borgan.
9-avgust kuni ushbu fuqarolar Rossiyadan chiqarib yuborish uchun mamlakat ichki ishlar vazirligining Moskva viloyati bosh boshqarmasi chet el fuqarolarini vaqtincha saqlash markaziga joylashtirilgan.
Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi ushbu davlatga kelishni rejalashtirayotganlardan, shuningdek, mehnat migratsiyasi boʻyicha Rossiyada boʻlgan fuqarolardan qabul qiluvchi mamlakatda belgilangan qonun hujjatlariga rioya qilishlarini soʻradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Kambagʻal oilalar farzandlarining toʻgarak xarajatlarining 80 foizgacha qismi davlat byudjeti hisobidan qoplanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring