Rossiya yana Ukraina tomon dron yomgʻirini amalga oshirdi
Rossiya Ukrainada yana bir bor raketa va dronlar yomgʻirini amalga oshirdi. Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimlarini joylashtirar ekan, Rossiya ketma-ket ikkinchi kun raketa va dronlar bilan zarba berdi.
Rossiya Ukrainaning elektr tarmogʻiga katta hujum uyushtirganidan bir kun oʻtib, Ukrainaning bir nechta nuqtalarini nishonga olgan va kamida toʻrt kishini halok boʻlgan. Zaporojeda ikki kishi va unga qoʻshni shaharda yana ikki kishi nobud boʻldi.
Rasmiy Kiyev poytaxtni himoya qilish uchun havo hujumidan mudofaa tizimlarini joylashtirgan va 15 ga yaqin dron hamda bir nechta raketalarni urib tushirgan. Ukraina havo kuchlari seshanba kuni Rossiya tomonidan uchirilgan 5 ta raketa va 60 ta dronlarga yoʻq qilgan.
Rossiya jami 91 raketalarini, shu jumladan 10 ta raketa, 81 ta Eron tomonidan ishlab chiqilgan hujum dronlarini bir nechta hududlardan turib uchirgan. Shuningdek, boshqa turdagi dronlar va bombardimonchi samolyotlar haqida ham maʼlumot mavjud.
"Biz bu va boshqa barcha hujumlar uchun Rossiyaga javob qaytaramiz. Insoniyatga qarshi jinoyatlar jazosiz qololmaydi”, degan Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy.
Dushanba kuni Rossiya 200 dan ortiq raketa va dronlarni uchirib, kamida 7 kishining hayotiga zomin boʻlgan edi.
“Men Rossiyaning Ukrainaga qarshi davom etayotgan urushini va Ukraina xalqini zulmatga botirish harakatlarini qoralayman. Bir narsani aniq aytaman Rossiya hech qachon Ukrainada muvaffaqiyot qozonmaydi”, dedi Oq uy rahbari Jo Bayden.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring