Rossiya va Xitoy oʻrtasidagi ittifoq Gʻarb dunyosi tinchlik tartibiga tahdid solmoqda — NATO bosh kotibi
Фото: Reuters
Rossiya va Xitoy oʻrtasidagi hamkorlik Gʻarb dunyosi tartibiga tahdid solmoqda. Bu haqda NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Norvegiyada boʻlib oʻtgan anjuman chogʻida aytib oʻtdi.
“Ularni boshqa dunyo tartibini xohlayotgani birlashtiradi. Gap shundaki, ular bizning qadriyatlarimizni baham koʻrmaydilar va erkinlik va demokratiyaga boʻlgan ishonchimizni buzadigan manfaatlarni himoya qilishga harakat qilishadi. Bu xavfli dunyoda ittifoq mamlakatlari bir-biriga yopishib olishlari kerak”, deydi Stoltenberg .
Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya va Xitoy tomonlari oʻrtasida iqtisodiyot va harbiy sohadagi hamkorlik kengaymoqda. Bundan tashqari, Stoltenberg Pekin Moskvani Ukrainada maxsus harbiy operatsiya oʻtkazgani uchun qoralashdan bosh tortganini qayd etdi.
Uning taʼkidlashicha, Xitoy NATOni mavjud vaziyatda ayblaydigan “rus hikoyasini” targʻib qilmoqda, shuningdek, Rossiyaning alyans eshiklarini yangi aʼzolar uchun yopish haqidagi talabini qoʻllab-quvvatlamoqda.
Avvalroq, Stoltenberg Ukraina mojarosi haqida gapirar ekan, Moskvani past baholash xavfli ekanini aytgan edi.
“Ular yoʻqotish va azob-uqubatlarga dosh berishga katta tayyorligini koʻrsatdi”, deydi NATO Bosh kotibi. Shu oʻrinda uning qoʻshimcha qilishicha, hozircha Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukrainadagi mojarodagi maqsadlarni oʻzgartirishga tayyorligi haqida hech qanday dalil yoʻq.
Avvalroq, NATO va Yevropa Ittifoqi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi qoʻshma deklaratsiya imzolanishi haqida xabar bergan edik. Maʼlum qilinishicha, NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg, Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel va Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen hamkorlik toʻgʻrisidagi uchinchi qoʻshma deklaratsiyani imzolaydi. Bu haqda Shimoliy Atlantika alyansi saytidagi press-relizda maʼlum qilindi.
Uchrashuv 10-yanvar kuni Bryusseldagi NATO qarorgohida boʻlib oʻtishi kutilmoqda. Imzolash mahalliy vaqt bilan ertalab soat 11:00da boʻlib oʻtadi. Shundan soʻng qoʻshma matbuot anjumani oʻtkaziladi.
2022-yil sentyabrda Stoltenberg xavfsizlik va barqarorlikka hissa qoʻshadigan yangi Yevropa Ittifoqi — NATO deklaratsiyasini imzolash vaqti kelganini aytgan edi. Qoʻshma deklaratsiya 2021-yilda imzolanishi kerak edi. Ammo bu nomaʼlum sabablarga koʻra amalga oshmay qolgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring