Rossiya TIV matbuot kotibi fikrlari yuzasidan deputat munosabati
Barchaga maʼlumki, yaqinda Adliya vazirligi tomonidan Oʻzbekistonda davlat tilida ish yuritishni taʼminlamaganlik uchun mansabdor shaxslarga javobgarlik belgilovchi qonun loyihasi umumxalq muhokamasiga taqdim etilgan edi. Undagi qoidalar juda sodda va tushunarli: Agar davlat tashkiloti faoliyat va biznes faoliyatini amalga oshirishda davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga amal qilmasa, mazkur tashkilotning mansabdor shaxsi maʼmuriy jazoga tortiladi.
Jazo faqat vazir, hokim, qoʻmita raisi, rahbari va boshqa lavozimdagi davlat tashkiloti mansabdor shaxsiga nisbatan qoʻllaniladi. Shu bilan birga, Oʻzbekiston fuqarolari davlat tashkilotlariga har qanday tilda murojaat qilishi, odamlar bilan istagan tilida muloqot qilishi mumkin va bunga hech qanday toʻsiqlar va jazo mavjud emas.
Davlat tashkilotlarida ishlaydigan turli tillarda soʻzlovchi boshqa millatga mansub fuqarolar istagan tillarida gaplashishlari va oʻz faoliyatlarini istagan tillarida olib borishlari mumkin. Bunga hech qanday toʻsiq va eʼtirozlar yoʻq. Davlat organlarining rasmiy hujjatlari boshqa tillarda ham yuritilishi mumkin.
Qonun loyihasida davlat organlari va tashkilotlari “davlat tilini hurmat qilishi” kerakligi belgilab qoʻyilgan.
Oʻzbekiston mustaqil davlat va oʻz tili, oʻz qadriyatlari, oʻz qonunlari va oʻz rivojlanish yoʻliga egadir. Shunday ekan, davlat tashkilotlari mansabdor shaxslari oʻzbek tilini bilishga va hurmat qilishga, shuningdek, davlat tilidan foydalanishi uchun masʼuliyatni his qilishga majburdirlar.
Hukumat hech qachon boshqa tillarda soʻzlashuvchi Oʻzbekiston fuqarolarini qanday millat, qaysi til, qaysin dinga mansubligidan qatʼiy nazar, jazolamaydi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi M.Zaxarova rasmiy minbardan turib, “ ....rus tili rasmiy til boʻlishini koʻpchilik oʻzbeklar istayotgani va qonun loyihasining tarafdorlari orasida deputatlar va aholi vakillari kamchilikni tashkil qilishi” toʻgʻrisida munosabat bildirdi.
Qaysi maʼlumotlar bazasi mazkur qonun loyihasi tarafdorlari ozchilikni tashkil etishi toʻgʻrisidagi tezisni tasdiqlaydi?
Aftidan Rossiyaning obroʻli davlat idorasining rasmiy vakili hozirgacha oʻzi suveren davlat qonun loyihalariga izoh berish oʻrniga tekshirilmagan, osmondan olingan maʼlumotlardan foydalanishda muntazam ravishda ayblab kelayotgan taniqli rossiyalik muxolifat blogeri bilan boʻlayotgan qarama-qarshiliklar doirasida qolib ketmoqda yoxud hanuzgacha undan uzoqlasha olmayapti.
Darvoqe, bevosita TIV departamenti boshligʻi vakolatlari doirasiga kirmaydigan ishni qilgandan koʻra bizning mamlakatimizda roʻy berayotgan jarayonlarni, oʻzgarishlarni, shu jumladan, Rossiya va boshqa davlatlar bilan amalga oshirilayotgan ijobiy munosabatlarni chuqurroq tahlil qilsa maqsadga muvofiq boʻlardi. Aynan shu bugun Toshkent viloyatining Angren shahrida Sovet Ittifoqi qahramoni, Italiya milliy qahramoni F.Poletayevga oʻrnatilgan haykal qayta tiklandi.
Mana sizga xalqimizning asl ruhiyati va mentaliteti toʻgʻrisidagi minglab misollarning birgina namunasi. Savollar koʻp, lekin biz Rossiya rasmiy vakilini asossiz rasmiy bayonot berishda ayblashni istamaymiz. Chunki u tayyor tezisni oʻqidi xolos...
Ammo uning Oʻzbekistonga nisbatan aytgan gaplarining samimiyligi shubha uygʻotadi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, men va mening hamkasblarim shuni ishonch bilan ayta olamizki, bizning deputatlarimiz va senatorlarimiz umumxalq muhokamasi asosida davlat tili ustuvorligi, mavqeini mustahkamlaydigan qonun loyihasini albatta qabul qiladilar va maʼqullaydilar.
Yelena KOMPOLЩIK,
Qonunchilik palatasi deputati,
“Adolat” SDP fraksiyasi aʼzosi
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring