Rossiya NATO bilan urushga tayyorgarlik koʻradi
Rossiya Mudofaa vazirligi faoliyati kelgusi yillarda uchta omilni hisobga olgan holda tayyorgarlik koʻradi. Bu haqda RBC.ru sayti maʼlum qilgan.
Birinchi omil Ukrainadagi jangovar harakatlar, ikkinchi omil yaqin oʻn yillikda NATO bilan boʻlishi mumkin boʻlgan urushga tayyorgarlik, hamda uchinchi omil texnologiyalarni rivojlantirish. Bu haqda Rossiya Mudofaa vaziri Andrey Belousov aytib oʻtdi.
«Rossiya oʻrta muddatli istiqbolda har qanday vaziyatning rivojlanishiga tayyor boʻlishi kerak. Bunga Yevropada yaqin oʻn yillikda NATO bilan boʻlishi mumkin boʻlgan harbiy mojaroni ham qoʻshish mumkin.
Shu yilning iyul oyida boʻlib oʻtgan Shimoliy Atlantika alyansi sammitida qabul qilingan qarorlar shunday oʻylashga majbur qilmoqda», — dedi Andrey Belousov.
Xavotirlar Kiyevning NATOga kirishga intilishi bilan ham bogʻliq. Moskva bunga qarshi va Ukrainaning alyansga aʼzolikdan voz kechishini mojaroni hal qilishi mumkin deb hisoblaydi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligining maʼlum qilishicha, Kiyevning ittifoqqa qoʻshilishi ortidan ittifoqning ham Rossiyaga qarshi jangovar harakatlarda bevosita ishtirok etishiga olib keladi, bu esa yaqin kelajakda Rossiya hamda NATO oʻrtasida harbiy mojaro boʻlishiga ishora qilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring