Rossiya kuchlari Pokrovskka kirib bormoqda
Ukrainaning “DeepState” xaritalash xizmati maʼlumotlariga koʻra, Rossiya kuchlari chorshanba kuni oldinga siljib, Ukraina sharqidagi muhim shahar Pokrovsk chekkasidan atigi uch kilometr uzoqda turganini koʻrsatgan. Ukraina armiyasi matbuot kotibiga koʻra, rus kuchlari shahar yaqinidagi Ukraina pozitsiyalarini yoʻq qilgan yoki egallab olgan.
Kiyevning aytishicha, Ukraina sharqiy frontidagi Xarkov viloyatidagi Shevchenkove qishlogʻi chekkasida janglar davom etmoqda. Ukrainalik harbiy blogerlar qishloq ruslar qoʻliga oʻtgani haqida xabar berishdi, biroq bu iddao Ukraina yoki Rossiya rasmiylari tomonidan tasdiqlanmagan.
Shu bilan birga, Ukrainaning gaz taʼminotini tartibga soluvchi “Doneskoblgaz” Pokrovskda vaziyat yomonlashgani sababli payshanba kunidan boshlab gaz taʼminoti toʻxtatilishi haqida ogohlantirdi.
“Gaz quvurlariga jiddiy zarar yetkazilishi va doimiy dushman hujumlari tufayli gaz taqsimlash tizimidagi kamchiliklarni bartaraf etish va isteʼmolchilarga gaz taʼminotini tiklashning iloji yoʻq”, — dedi “Doneskoblgaz” seshanba kuni bergan bayonotida.
Bir necha oy davomida Pokrovsk sharqiy frontdagi eng shiddatli janglar hududiga aylandi, chunki Rossiya shaharni yopishga harakat qilmoqda. U Ukrainaning Donesk va Dnepropetrovsk viloyatlaridan 11 milya uzoqlikda joylashgan hamda Moskva uchun strategik nishon hisoblanadi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin oʻz maqsadi Ukrainaning sharqiy viloyatlari Donesk va Luganskni qoʻlga kiritish ekanligini aniq maʼlum qilgan.
Moskva chorshanba kuni Ukraina Rossiyaning janubi-gʻarbidagi shaharlardan biriga hujum qilganida 6 ta ATACMSdan foydalanganini aytib, bunga munosib javob berishini eslatgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi maʼlumotlariga koʻra, oltita uzoq masofali raketalar Rostov viloyatining Taganrog port shahriga ertalab hujum uyushtirilgan va oqibatda rossiyalik harbiylar yaralangan. Ukraina Rossiya nishonlariga, jumladan, harbiy va energetika obektlariga aniq zarbalar berganini tan oldi. Biroq, qanday turdagi raketalar qoʻllanganini aytmadi.
“Mana shunday zarbalar Rossiyani urush tugashi kerak degan haqiqatga olib keladi”, — degan Zelenskiy yuqoridagi hujumga ishora qilib.
AQSH rasmiysi Rossiya yaqin kunlarda Ukrainaga yana bir “Oreshnik” raketasini uchirishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar bergan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring