Rossiya Federatsiyasi klinikalari va oliy oʻquv yurtlari bilan Xorazm viloyat tibbiyot muassasalari oʻrtasida 10 ta memorandum imzolandi

16:56 05 Iyun 2023 Jamiyat
511 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Samarqand shahrida oʻtkazilgan Oʻzbekiston – Rossiya tibbiyot forumida Rossiya Federatsiyasi sogʻliqni saqlash tizimi vakillari bilan taʼlim va kadrlar salohiyatini oshirish, ilm-fan, texnologiyalar, dori vositalari va tibbiy asbob-uskunalar, raqamli transformatsiya, xalqaro yuqori texnologik yordam, sogʻliqni saqlashni tashkil etish hamda boshqa yoʻnalishlarda hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Xalqaro forumda Xorazm viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi va viloyatdagi tibbiyot muassasalari tomonidan Rossiya Federatsiyasining nufuzli klinikalari va tibbiyot yoʻnalishidagi oliy oʻquv yurtlari bilan turli yoʻnalishlarda hamkorlik qilish uchun 10 ta memorandumlar imzolandi. Xususan, viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi, viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm filiali Moskvaning Lyuberesk viloyat shifoxonasi bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga erishildi.

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm filiali tomonidan Qozon davlat tibbiyot universiteti, Rossiya Federatsiyasining Shumakov nomidagi transplantologiya markazi, P. A. Gersen nomidagi onkologiya va radiologiya ilmiy markazi bilan ikki tomonlama oʻquv, ilmiy va amaliy yoʻnalishlar borasida hamkorlik istiqbollari belgilandi.

Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm filiali va Rossiya Federatsiyasi bolalar endokrinologiyasi Milliy tibbiyot ilmiy tadqiqot markazi oʻrtasida ham hamkorlik memorandumi imzolandi.

                                                    Odilbek ODAMBOYEV

                                                          (“Xalq soʻzi”).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?