Rossiya bilan Toshkent yoʻllaridagi tigʻizlikni pasaytirish boʻyicha hamkorlik qilinadi

17:15 24 Oktyabr 2018 Jamiyat
1417 0
Arxiv foto

Rossiya va Oʻzbekiston yoʻl-transport infratuzilmasi sohasida hamkorlikni rivojlantiradi. Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabariga koʻra, yaqinda RFning “MosTransProyekt” davlat byudjeti muassasasi va Moskva meriyasi vakillari shu boʻyicha muzokaralar olib borish uchun yurtimizga tashrif buyurdi.

Tomonlar birgalikda Toshkent shahri transportini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish, kompleks tekshirish olib borish, yoʻnalish tarmoqlarini optimallashtirish boʻyicha hamkorlik qiladi.

Toshkent shahar maʼmuriyati poytaxtda transport oqimlarini nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha yoʻl harakatini tashkil etish vaziyat markazi faoliyatini ham yoʻlga qoʻymoqchi. Oʻz navbatida poytaxt yoʻllaridagi tigʻizlikni kamaytirish uchun markazlashtirilgan axborot tizimiga ega yagona toʻxtash maydonini yaratish ham moʻljallanayotir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?