Rossiya AQSHdan chiplarni sotib olishda davom etmoqda
Rossiya Federatsiyasi tomonidan sotib olingan dasturlashtiriladigan mantiqiy integral mikrosxemalar harbiy texnologiyalar va kuzatuv texnologiyalarida qoʻllaniladi.
20-avgustda “The Insider” nashri tomonidan chop etilgan surishtiruv mualliflari shunday xulosaga kelishdi. Jurnalistlarning taʼkidlashicha, Rossiya Federatsiyasiga raketalar va dronlarni navigatsiya qilish, internetdagi materiallarni filtrlash va yuzni tanib olish uchun noyob mikrosxemalar kirib kelmoqda. Bular asosan Amerikaning Intel va AMD kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan yarimoʻtkazgichli qurilmalardir.
Ularning Rossiyaga tegishli litsenziyasiz eksport qilinishi 2020-yilda taqiqlangan va 2022-yilda Ukrainada urush boshlanganidan soʻng, Rossiya Federatsiyasiga har qanday mikrosxemalarni yetkazib berish uchun embargo joriy etilgan edi. “Qonunga koʻra, ishlab chiqaruvchi firmalar ularning oxirgi isteʼmolchisi kimligini tekshirishlari kerak, ammo bu talab koʻpincha eʼtibordan chetda qoladi”, deydi nashr. Rossiyada ushbu turdagi qurilmalar ishlab chiqarilmaydi shuning uchun chetdan sotib olishga majbur.
Germaniya, Fransiya va Italiyaning bir qancha nashrlari Rossiya armiyasi bilan hamkorlik qiluvchi “Promtech” kompaniyalar guruhi 2023-yilda AQSH va Germaniyadan qariyb 8 million dollarlik ikki tomonlama tovarlarni import qilgani toʻgʻrisida surishtiruv eʼlon qildi. Shuningdek, Fransiyada tashkil etilgan “Promtexa” shoʻba kompaniyasi uzoq vaqtdan beri Rossiyaga tovarlarni import qilish bilan shugʻullangan. Keyinchalik aksiyalaridan kechib, 2022-yilda Turkiyada boshqa nom ostida yangi kompaniya sifatida roʻyxatdan oʻtgan. Yetkazib beruvchilar mahsulotning oxirgi egasi Rossiya armiyasi ekanligini bilmagan boʻlishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring