Ronaldu ortidan yana bir futbol yulduzi Saudiya Arabistoni klubiga oʻtishi mumkin
Illyustrativ foto
Angliyaning “Liverpul” klubi va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Roberto Firmino faoliyatini Saudiya Arabistoni klubida davom ettirishi mumkin.
Manbaga koʻra, braziliyalik futbolchi Saudiya Arabistoni klublaridan bir nechta takliflar olgan. Ammo ular orasida Krishtianu Ronaldu tarkibiga borib qoʻshilgan “Al-Nasr” klubi yoʻq.
Firmino joriy mavsumda Angliya chempionatida 13 ta oʻyinda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 7 ta gol kiritdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning ingliz jamoasi bilan shartnomasi 2023-yilning yoziga qadar moʻljallangan.
Firmino oxirgi marta Braziliya terma jamoasi safida 2021-yilda Amerika Kubogida maydonga tushgan edi. Oʻshanda u beshta uchrashuvda raqiblar darvozasiga bitta gol kiritgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring