Ronaldu Messi qarama-qarshiligi davom etadi — Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 bosqichiga qurʼa tashlandi

17:28 13 Dekabr 2021 Sport
1658 0

Arxiv surat

Bugun UEFAning Nyon shahridagi qarorgohida futbol boʻyicha Yevropa Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichiga qurʼa tashlandi. Unga koʻra, Fransiyaning “PSJ” jamoasi Angliyaning «Manchester Yunayted» klubiga qarshi bahs olib boradigan boʻldi. Shu tariqa Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu qarama-qarshiligi yana davom etadigan boʻldi.

Сhempionlar ligasi 1/8 finali qolgan juftliklari quyidagi koʻrinish oldi:

«Benfika» (Portugaliya) — “Real Madrid” (Ispaniya)

«Vilyarreal» (Ispaniya) — «Manchester Siti» (Angliya)

«Atletiko Madrid» (Ispaniya) — “Bavariya” (Germaniya)

“Zalsburg” (Avstriya) — “Liverpul” (Angliya)

«Inter» (Italiya) — “Ayaks” (Gollandiya)

“Sporting” (Portugaliya) — «Yuventus» (Italiya)

“Chelsi” (Angliya) — “Lill” (Fransiya)

Ushbu bosqichda dastlabki oʻyinlar 2022-yilning 15-16 va 22-23-fevral kunlariga boʻlib oʻtadi. Javob bahslari 8-9 va 15-16-mart kunlariga belgilangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?