Robot changyutgichlarning jahli chiqdi: U itni uydan quvib chiqardi

02:57 12 Oktyabr 2024 Dunyo
362 0

AQSHda Xitoyda ishlab chiqarilgan robot changyutgichlar birdaniga haqorat soʻzlar bilan baqirib, itlarni uydan quvib chiqara boshladi. Bunga xakerlik hujumi sabab boʻldi.

Amerikaning bir qancha shaharlarida “aqldan ozgan” changyutgichlar aniqlangan. Xususan changyutgichlardan biri uy egasining itini turli haqoratli soʻzlar bilan quvgan.

Shuningdek Minnesotalik advokat Deniel Svenson televizor koʻrayotganida roboti gʻalati harakat qila boshlaganini sezgan. Erkak dasturda parolni qayta oʻrnatgan va qayta ishga tushirgan. Biroq, shundan soʻng robot changyutgich tasodifiy harakatlanib, behayo soʻzlar bilan baqira boshlagan. Bir necha kundan keyin Svenson ishlab chiqaruvchi kompaniyaga shikoyat qilgan. Kompaniya qurilmaga buzib kirilganini tasdiqladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер