Respublika ishchi guruhining ommaviy qabuli boʻlib oʻtdi
Davlatimiz rahbari topshirigʻi asosida tuzilgan Respublika ishchi guruhining Toshkent viloyatidagi faoliyati katta masshtabdagi ommaviy qabul bilan boshlandi. Boʻkaning Boʻston mahallasidagi ochiq-jonli muloqotlar maydonida Prezident Xalq qabulxonalari, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, qoʻmitalar va Toshkent viloyati sektorlari rahbarlari har bir ariza-shikoyatni sinchiklab koʻrib chiqdi.
Oʻtkazilgan ommaviy sayyor qabulda Toshkent viloyatining Oʻrta Chirchiq, Yuqori Chirchiq, Quyi Chirchiq, Parkent, Olmaliq, Piskent, Bekobod, Oqqoʻrgʻon, Qibray, Zangiota, Chinoz, Ohangaron tumanlari va Nurafshon, Chirchiq, Angren, Ohangaron, Bekobod shaharlaridan fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi.
Murojaatlarning 52,2 foizi sud, prokuratura va ichki ishlar faoliyatiga oid masalalarni tashkil qildi.
Oliy sud raisi B.J.Islamov tomonidan 122 ta murojaatlar qabul qilinib, 87 tasi joyida ijobiy hal qilingan 76 ta murojaat boʻyicha oʻrganish talab etilganligi sababli nazoratga olindi.
Bosh prokuror N.T.Yoʻldoshev va Bosh prokuror oʻrinbosari S.B.Artikova tomonidan 160 nafar fuqaro qabul qilinib, 47 ta masala ijobiy hal etildi, 113 ta murojaat boʻyicha oʻrganish talab etilganligi sababli nazoratga olindi.
Ichki ishlar vaziri P.R.Bobojonov va IIV oʻrinbosari Ya.A.Abdulxakov tomonidan 102 nafar fuqaro qabul qilinib, 47 tasi ijobiy hal etildi, 54 ta murojaat boʻyicha oʻrganish talab etilganligi sababli nazoratga olindi.
Viloyat hokimi Z.T.Mirzayev tomonidan 307 nafar fuqarolardan murojaat qabul qilingan. Shundan 50 tasi moddiy yordam, 54 tasi uy-joy bilan taʼminlash, 15 tasi kadastr masalasi, 29 tasi tibbiyot, 11 tasi ish bilan taʼminlash, 10 tasi kredit va 138 tasi boshqa masalalardan iborat.
Ushbu murojaatlarning 93 tasi ijobiy hal etilgan, 214 ta murojaat boʻyicha oʻrganish talab etilganligi sababli nazoratga olindi.
Misol uchun Bekobodlik Safaroy Berdiyeva mahallasidagi yuz nafar xotin-qizni kooperatsiyaga biriktirib, kiyimlar tayyorlar ekan. Tadbirkor ayol Bosh prokuratura masʼullariga 2-sektor yordami uchun rahmat aytarkan, mahsulotlar realizatsiyasida amaliy yordam soʻradi. Murojaatdan soʻng kooperatsiya uchun tez orada bozordan joy ajratiladigan boʻldi.
Bir sohaga mansub uch avlod mutaxassislarining bir muloqot maydonida jamlanishi bu kabi qabullarning oʻziga xos “brend”iga aylanyapti. Murojaatlarni birga tinglash, masalalarga birga yechim topish zamirida bobomeros kengash institutining yangicha maʼno-mazmuni boʻy koʻrsatadi.
Ichki ishlar vazirligi masʼullari bilan muloqotlardan soʻng 6 nafar sobiq ichki ishlar xodimlarining tizimga ishga tiklangani ham inson qadrini yuksaltirish bugun mamlakatimiz davlat organlarining konstitutsiyaviy burchi va ustuvor vazifasiga aylanayotganini yana bir bor namoyon qildi. Jizzaxlik Sharof Berdiyevning hayotida ham bugun adolat gʻalaba qildi. Fuqarolik ishlari boʻyicha Jizzax tumanlararo sudining 2022-yil 7-iyundagi hal qiluv qarori va Ichki ishlar vazirligi xulosasi asosida mayor Berdiyev 11 yil deganda yana oʻz sohasiga, oʻz vazifasiga qaytyapti.
Boʻkalik Rustam Shodiyev murojaati asosida esa “Doʻstlik” mahallasidagi serqatnov koʻchada piyodalar oʻtish yoʻlagi bunyod etildi.
Murojaatlar asosida Toshkent viloyati hokimligi mahalliy byudjetidan boʻkalik ogʻir ijtimoiy ahvoldagi oilalar muammolarini hal qilish uchun 721 mln. soʻm mablagʻ ajratildi. Umuman, mazkur ommaviy qabulda 735 ta masalaning 242 tasi joyida hal etilib, 227 nafar murojaatchiga huquqiy maslahat va tushuntirish berilgan boʻlsa, 266 ta murojaat nazoratga olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring