Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning hududiy filiallarida psixoterapevt lavozimi joriy etiladi
Foto: Illustrativ surat
Joriy yilning 16-mayi kuni “Aholiga narkologik yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qaroriga koʻra, ichki ishlar organlariga oʻz tashabbusi bilan narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarni majburiy davolashga yuborish yuzasidan hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish huquqi berildi.
Shuningdek, 2023-yil 1-yanvardan:
narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarni majburiy davolashga yuborish boʻyicha barcha tibbiy tekshiruvlar narkologiya dispanserlarining oʻzida, zarur hollarda boshqa muassasalarda amalga oshiriladi;
narkologiya dispanserlaridagi mavjud koykalar haqidagi maʼlumotlarni real vaqt rejimida olish imkoniyati yaratiladi.
Narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarni majburiy davolashga yuborish toʻgʻrisidagi ishlarni elektron tarzda sudlarga yuborish va sudlar tomonidan ularni videokonferensaloqa rejimida koʻrib chiqish mumkin.
2023-yil 1-yanvardan Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning hududiy filiallarining ambulator va statsionar boʻlimlarida tibbiy psixolog yoki psixoterapevt lavozimlari joriy etiladi.
Qarorga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrining tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tarkibida kamida 10 oʻrinli mastlik holatida boʻlgan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish tumanlararo punktlari (2023–2024-yillarda 20 ta) tashkil etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring