Renessans — inson ehtiyojlari, erkinliklari va huquqlarini taʼminlashdan boshlanadi
Kecha, 15-dekabr kuni Yoshlar ijod saroyida “Oʻzbekiston madaniy boyligi yangi Renessans poydevori” IV Xalqaro kongressi oʻz ishini boshladi. Unda bir qator vazirlik va idoralar rahbarlari, xalqaro tashkilotlar vakillari, dunyoning 40 dan ortiq mamlakatlaridan 300 dan ortiq taniqli mahalliy va xorijiy olimlar qatnashmoqda.
Kongress Oʻzbekiston madaniy merosini saqlash, oʻrganish va ommalashtirish Butunjahon jamiyati tomonidan tashkil etildi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev kirish soʻzi bilan ishtirok etib, mamlakatimizda soʻnggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlarga urgʻu berdi.
Xususan, jamiyatda yangi muhit yaratilgani, ommaviy axborot vositalari hamda fuqarolik jamiyati faollashayotgani, eng muhimi, odamlarda daxldorlik hissi va jamiyat taqdiri uchun masʼuliyat oshayotganini taʼkidladi.
Bundan tashqari, Oʻzbekistonning oʻz tarixiy,
Shuningdek, Renessans – inson ehtiyojlari, erkinliklari va huquqlarini taʼminlashdan boshlanishi ekanligiga urgʻu berib, uchinchi Renessans uzoq istiqbol masalasi emasligi, u bugun, ushbu onda jamiyatimiz, uning har bir hujrasida muttasil yetilib kelayotgan, real voqelik ekanligini taʼkidladi.
Kongress doirasida bir qator madaniy tadbirlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Avstraliyada 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Muhammad Saloh faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring