“Reklama”ni nega daraxtga oʻrnatdingiz?
Foto: Xalq so‘zi
Yakkabogʻ tumanida 50 ta holatda tashqi reklamalarni daraxtlarga bogʻlab, ilib yoki mix qoqib oʻrnatgan tadbirkorlik subyektlari aniqlandi. Ularga reklama materiallarini daraxtlarga oʻrnatish mumkin emasligi haqida aytilsada bunday holatlar tez-tez takrorlanmoqda.
Xoʻsh, nega reklamalar daraxtlarga oʻrnatilmoqda, degan savol tugʻilishi tabiiy. Bunga tadbirkorlar reklamani oʻrnatish xarajatlaridan qochib, shunday yoʻl tutishmoqda. Vaholanki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi “Tashqi reklama bozorini tartibga solish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan, reklama obyektlarini (konstruksiyalarni) daraxtlarga oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmasligi belgilangan. Shuningdek, amaldagi “Reklama toʻgʻrisida”gi qonunga muvofiq, tashqi reklamani moddiy-madaniy meros obyektlarida yoʻl belgilarida va svetoforlarda, ularning tirgaklarida yoki harakatni tartibga solib turuvchi boshqa har qanday qurilmalarda, shuningdek, dov-daraxtlarni payhon qilish va tutash hududdagi obodonlashtirish vositalarini buzish yoʻli bilan joylashtirish taqiqlanishi aytilgan.
Oʻrganishlarimiz shuni koʻrsatmoqdaki, baʼzi tadbirkorlarimiz daraxtlarga reklamalarni joylashtirish amaldagi qonun va qarorlar asosida taqiqlanganidan bexabarligini aytishmoqda. Gohida esa bilib turib, atrof-muhitga, dov-daraxtlarga zarar yetkazayotgan tadbirkorlar ham uchrab turibdi. Yakkabogʻ tumanida 20 dan ziyod holatda tabiatga beshafqatlarcha ozor berayotgan tadbirkorlarga ogohlantirish xatlari yuborildi.
Tabiatni koʻz qorachigʻidek asrash bizning fuqarolik burchimiz. Chunki atrof muhit orasta, havomiz toza va yashillik olami yashnab tursa, hayotimiz yanada farovon boʻladi. Aksincha tabiat unga yetkazilgan ozorni kechirmaydi.
Dilafroʻz Xushvaqtova,
Yakkabogʻ tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish,
davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring