Referendum oʻtkazuvchi komissiya aʼzoligiga nomzodlarning malakasini oshirish boʻyicha oʻquvlar hududlarda davom etmoqda
Joriy yilning 15-16-iyul kunlari Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati rahbari X.Mamatov Samarqand viloyatining Narpay, Ishtixon, Qattaqoʻrgʻon, Oqdaryo, Payariq, Urgut tumanlarida, shuningdek, Qashqadaryo viloyatining Kitob, Shaxrisabz, Yakkabogʻ tumanlari va Qarshi shahrida boʻlib, referendum oʻtkazuvchi komissiya aʼzoligiga nomzodlarning malakasini oshirishga doir oʻquv jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
Bu yil mamlakatimizada boʻlib oʻtishi kutilayotgan umumxalq referendumini xalqaro standartlarga muvofiq yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish vazifasidan kelib chiqib, uchrashuvlarda tinglovchilarga referendum jarayonlarini qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etish, referendum ishtirokchilarining ijtimoiy-siyosiy sohaga oid bilimlari va amaliy koʻnikmalarini yanada oshirishga qaratilgan tavsiya va koʻrsatmalar berildi.
Samarqand viloyati boʻyicha 13-21-iyul kunlari shahar va tumanlardagi 3 315 nafar uchastka komissiyasi raisligiga, rais oʻrinbosarligiga hamda kotiblikka nomzodlar hududlar kesimida kichik guruhlarga ajralgan holda oʻqitilishi rejalashtirilgan. Hozirgi kunga qadar 982 nafar tinglovchilar oʻquvlarni yakunlagan va ularning oʻrtacha oʻzlashtirish darajasi 95,1 foizni tashkil etgan.
Shuningdek, seminar-treninglarda tinlovchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, oʻquv-uslubiy dasturlar bilan tanishish maqsadida MSKning aʼzolari ham hududlarda oʻrganishlar olib bormoqda. Ular tinglovchilarga referendum uchastka komissiyalarni tuzish, ularning faoliyati davomida amalga oshiriladigan eng muhim vazifalari, referendum natijalarini aniqlash hamda bu sohaga taalluqli huquqiy meʼyoriy hujjatlardan foydalanish yuzasidan maʼlumotlarni berib borishmoqda.
Taʼkidlash joiz, respublikamiz boʻylab davom etayotgan oʻquv mashgʻulotlari interaktiv usulda tashkil etilib, ishtirokchilar bilan muloqot, oʻzaro fikr va tajriba almashish tarzida oʻtkazilishi yoʻlga qoʻyilgan. Har bir mavzu boʻyicha savol-javoblar, test sinovlari orqali tinglovchilarning bilimlar mustahkamlanmoqda. Shu bilan bir qatorda, har bir mavzu boʻyicha Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tayyorlangan videodarslar oʻquv jarayonida namoyish etilmoqda.
Referendum oʻtkazuvchi komissiya aʼzolarining malakasini oshirishni tashkil etish konsepsiyasi asosida oʻtkazilayotgan oʻquv treninglar Davlat boshqaruv akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Bosh prokuratura akademiyasi, Jamoat xavsizligi universiteti, professor-oʻqituvchilari hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mutaxassislari tarkibida shakllantirilgan yuqori malakali ekspertlar tomonidan olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring