“Red Wings” aviakompaniyasi Samarqand va Qozonni toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar bilan bogʻlaydi

12:13 01 Oktyabr 2023 Jamiyat
148 0

Rossiyaning “Red Wings” aviakompaniyasi Qozon – Samarqand – Qozon yoʻnalishi boʻyicha muntazam yoʻlovchi qatnovlarini yoʻlga qoʻymoqda.

2023-yil 30-oktabrdan shaharlar oʻrtasida parvozlar boshlanishi rejalashtirilgan. Parvozlar haftada bir marta dushanba kunlari SU95 tipidagi samolyotlarda muntazam ravishda amalga oshiriladi.

“Red Wings” - Domodedovo aeroportida joylashgan Rossiya aviakompaniyasi boʻlib, muntazam va charter yoʻlovchi tashishga ixtisoslashgan. Bugungi kunda aviatashuvchi Oʻzbekistonning beshta shahridan Rossiya Federatsiyasining beshta shahriga parvozlarni amalga oshirmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?