“Real Madrid” UEFA chempionlar ligasini gʻalaba bilan boshladi
Kecha, 16-sentyabr kuni UEFA chempionlar ligasi musobaqasining 1-tur oʻyinlari start oldi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda “Real Madrid” klubi oʻz maydonida Fransiyaning “Marsel” jamoasini qabul qildi.
Uchrashuv mezbonlarning 2:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyin “madridliklar” uchun omadsiz boshlandi. 5-daqiqada Trent Aleksander-Arnold jarohati tufayli Dani Karvaxalga almashtirildi.
22-daqiqada “Marsel” futbolchisi oʻyinda hisobni ochdi. Golga Timoti Uea mualliflik qildi. 28-daqiqada Killian Mbappe penaltidan hisobni tenglashtirdi.
Shundan soʻng, “qirollik klubi” hujumlar seriyasini davom ettirdi. Ammo “Marsel” posboni Jeronimo Rulli ishonchli oʻynadi va bugun oʻyin davomida 14 ta seyv namoyish etdi. Oʻyin yakunida “Sofascore” portali Rullining oʻyinini 9,7 ballga baholadi.
Uchrashuvning 71-daqiqasida zaxiradan oʻyinga qoʻshilgan Dani Karvaxal qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Shundan soʻng, “fransuzlar” ham hujumni kuchaytirdi.
81-daqiqada “Real Madrid” yana penalti tepish huquqiga ega boʻldi. Ushbu holatdan Killian Mbappe yana bir bor aniq foydalandi va hisobni 2:1 koʻrinishiga keltirdi. Shu tariqa uchrashuv Madrid klubining gʻalabasi bilan yakunlandi.
Maʼlumot uchun, Xabi Alonso boshchiligidagi jamoa oʻzining navbatdagi oʻyinini 20-sentyabr kuni Ispaniya La Ligasi doirasida oʻtkazadi. Klub oʻsha kuni oʻz maydonida “Espanyol” jamoasini qabul qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring