“Real Madrid” La Ligadagi beshinchi oʻyinda ham gʻalaba qozondi
Kecha, 20-sentyabr kuni Ispaniya La Ligasining 5-turidan oʻrin olgan bahslar boshlandi. Kun doirasidan oʻrin olgan uchrashuvda “Real Madrid” klubi oʻz maydonida “Espanyol”ni qabul qildi.
Uchrashuv “qaymoqranglilar”ning 2:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda hisob 22-daqiqada Eder Militao tomonidan ochildi.
Ikkinchi boʻlimning boshida “qirollik klubi”ning fransuz hujumchisi Killian Mbappe oradagi farqni 2 taga yetkazib qoʻydi. Taʼkidlash kerakki, bu Mbappining “Real Madrid” tarkibida qatorsiga uchinchi oʻyinda gol kiritishi boʻldi. Oʻyin aynan shu hisob bilan yakunlandi.
“Sofascore” tahliliy portali oʻyindan soʻng, “Real Madrid” himoyachisi Eder Militaoni “uchrashuv qahramoni” deb topdi. Uning harakatlari portal tomonidan 9 ballga baholandi.
Shu tariqa La Ligada qatorsiga beshinchi oʻyinni ham gʻalaba bilan yakunlagan Xabi Alonso jamoasi 15 ochko jamgʻargan holda, turnir jadvalida yaqqol “karvonboshi” boʻlib turibdi.
Maʼlumot uchun, “Real Madrid” klubi keyingi oʻyinini 24-sentyabr sanasida oʻtkazadi. Oʻsha kuni jamoa Valensiya shahrida “Levante” klubi mehmoni boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring