“Real Madrid” klubi bosh murabbiy Karlo Anchelottining ketishini rasman eʼlon qildi
Arxiv foto
Ispaniyaning “Real Madrid” klubi matbuot xizmati jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoani tark etishini maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, tomonlar italiyalik mutaxassisning amaldagi shartnomasini bekor qilish borasida kelishuvga erishgan.
“Klubimiz “Real Madrid” va jahon futbolining eng buyuk afsonalaridan biriga oʻz minnatdorchiligi va muhabbatini izhor etadi.
Karlo Anchelotti jamoamizni 123-yillik tariximizdagi eng muvaffaqiyatli davrlardan birini boshdan kechirdi va tariximizdagi eng koʻp unvonlarga ega boʻlgan murabbiyga aylandi: 3-marta yevrokubok, 3-marta klublar oʻrtasidagi jahon chempionati, 3-marta Yevropa superkubogi, 2-marta La Liga, 2-marta Ispaniya kubogi va 2-marta Ispaniya Superkubogi. U klubimiz bilan 6 mavsum davomida jami 15 ta sovrinni qoʻlga kiritdi.
“Real Madrid” prezidenti Florentino Peres uchun Karlo Anchelotti endi abadiy “Real Madrid” oilasining bir qismidir”, deyiladi klubning rasmiy bayonotida.
Avvalroq, Xabi Alonso “Real Madrid” bosh murabbiyi boʻlishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring