“Real Madrid” klasikoni boy berdi. “Barselona” Ispaniya kubogi gʻolibi boʻldi
Joriy yilning 27-aprel kuniga oʻtar kechasi “Barselona” 2024-25-yilgi Ispaniya kubogi final uchrashuvida “Real Madrid”ga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvga Sevilya shahridagi Olimpiya stadioni mezbonligida oʻtdi.
“El klasiko”ning asosiy boʻlimlarida har ikki jamoa darvozalari 2-martadan ishgʻol qilinib, gʻolib nomi ekstra-taymlarda aniqlanadigan boʻldi.
Qoʻshimcha boʻlimlarning 116-daqiqasida madridliklar sharafini himoya qilayotgan Modrich xato uzatmani amalga oshirdi. Bundan unumli foydalangan Kunde uzoq masofadan Kurtua darvozasini aniq nishonga olib, “Barselona”ning gʻalabasini taʼminladi. Hisob 3:2.
“Barselona” tarkibida Pedri (28ʼ), Torres (28ʼ) hamda Kunde (116ʼ) bittadan gol urdi, “Real”ning gollariga esa Mbappe (70ʼ) va Chuameni (77ʼ) mualliflik qildi.
Shu tariqa “Barselona” Ispaniya kubogi gʻolibi boʻldi va ushbu sovringa ega chiqish boʻyicha oʻzining eng yaxshi natijasini yana ham mustahkamladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring