“Real Madrid” yetakchilarining narxlari yaxshigina pasaydi, “Barselona”da esa katta oʻzgarishlar kuzatilmadi
Futbolchilarning bozor qiymatini baholash boʻyicha tadqiqotlar olib boruvchi “Transfermarkt” portali Ispaniya La Ligasida toʻp surayotgan futbolchilarning yangilangan narxlarini eʼlon qildi.
Unga koʻra, “Real Madrid” klubi futbolchilarining narxi sezilarli darajada pasaygan. Yangilanishdan soʻng Jud Bellingem va Rodrigoning qiymati 20 million yevro, Endrik hamda Federiko Valverdening bahosi esa 10 million yevroga tushirildi.
Shuningdek, transfer qiymati kamaytirilgan futbolchilar orasida “qaymoqranglilar”ning quyidagi futbolchilari ham bor:
- Tibo Kurtua;
- Andrey Lunin;
- Antonio Ryudiger;
- Fran Garsiya;
- Ferlan Mendi;
- Trent Aleksandr-Arnold;
- Dani Karvaxal;
- Braim Dias.
Shu bilan birga, Vinisius Junior, Dani Sebalyos, Eduardo Kamavinga, Raul Asensio, David Alaba, Din Xyoysen kabi futbolchilarning narxlari oʻzgarishsiz qoldirildi.
“Transfermarkt” portali bu gal faqatgina “Real Madrid”ning 3 nafar futbolchisining bahosini oshirdi.
Jamoaning ispaniyalik himoyachisi Alvaro Karrerasning oldingi narxi 50 million yevroni tashkil etgan boʻlsa, yangilanishdan soʻng unga 60 million yevro miqdorida baho berildi.
Xabi Alonso jamoasida muhim oʻrin tutayotgan Arda Gyulerning narxi ham bu gal sezilarli darajada oshdi. Turkiyalik futbolchining oldingi qiymati 60 million yevro edi. Yangilanishdan soʻng esa u 90 million yevroni tashkil etmoqda.
Shuningdek, jamoa yetakchisi Kilian Mbappening narxi ham 20 million yevrogʻa oshirilib, ayni paytda 200 million yevroni tashkil qilmoqda.
“Barselona”da esa narxlar yangilanishidan soʻng katta oʻzgarishlar kuzatilmadi. “Transfermarkt” portali Kataloniya klubining koʻplab futbolchilarining bahosini oʻzgarishsiz qoldirdi.
Jumladan, quyidagi futbolchilarning narxlari oʻzgarmadi:
- Ferran Torres;
- Runi Bardji;
- Markus Reshford;
- Dani Olmo;
- Gavi;
- Kunde;
- Balde;
- Pau Kubarsi;
- Lamin Yamal.
Yangilanishdan soʻng “Barselona” safida eng koʻp narxi tushirilgan futbolchi Rafinya boʻldi. Uning transfer qiymati 90 million yevroni tashkil etgan boʻlsa, endilikda 80 million yevroga tushirildi.
Shuningdek, Robert Levandovski, Ronald Arauxo, Andreas Kristensen, Mark-Andre ter Shtegen va Shchensnы kabi futbolchilarning ham narxlari pasaydi.
“Barselona”da narxi oshgan futbolchilar qatorida esa Xuan Garsiya, Erik Garsiya, Jerard Martin, Dro Fernandesh, Fermin Lopes kabi oʻyinchilarni koʻrsatish mumkin. Ayniqsa, Ferminning bahosi yangilanishdan soʻng 10 million yevroga oshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring