“Real Madrid” bosh murabbiyi Xabi Alonso isteʼfoga chiqarildi
“Real Madrid” jamoasi bosh murabbiyi Xabi Alonso isteʼfoga chiqarildi. Bu haqda klubning rasmiy sahifasida maʼlumot berildi.
“Real Madrid” klubi va Xabi Alonso oʻrtasidagi shartnoma oʻzaro kelishuvga koʻra bekor qilindi. Bosh murabbiyning oʻzi Ispaniya Superkubogi finalidagi magʻlubiyatdan soʻng isteʼfo soʻragan.
“Xabi Alonso har doim butun Madridimizning mehr-muhabbati va hurmatiga sazovor boʻlib qoladi. Chunki u «Real Madrid” afsonasi hisoblanadi va faoliyati davomida klub qadriyatlarini munosib tarzda namoyon etib kelgan. “Real Madrid” har doim uning uyi boʻlib qoladi.
Klubimiz Xabi Alonsoga va uning murabbiylar shtabiga shu vaqtgacha koʻrsatgan mehnati va fidoyiligi uchun minnatdorchilik bildiradi hamda kelgusi faoliyatida ulkan yutuqlar tilaydi», — deyiladi “Real Madrid” klubi bayonotida.
Shuningdek, jamoani endi kim boshqarishi ham maʼlum boʻldi. Klubning rasmiy sahifasida qayd etilishicha, “Real Madrid”ning yangi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa boʻladi.
Maʼlumot uchun, Arbeloa 2009–2016-yillarda futbolchi sifatida “Real Madrid” klubi sharafini himoya qilgan. U shu paytga qadar madridliklar yoshlar jamoasiga ustozlik qilib kelayotgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring