“Real Madrid” 73 soniyada kambek qilib, gʻalabani tortib oldi
Kecha, 30-avgust kuni Ispaniya La Ligasining 3-tur oʻyinlari start oldi.
Tur doirasida Xabi Alonso boshchiligidagi “Real Madrid” klubi oʻz maydonida “Malyorka” jamoasini qabul qildi. Uchrashuv 2:1 hisobiga “qaymoqranglilar”ning gʻalabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvda hisob 18-daqiqada, “Malyorka”ning kosovolik hujumchisi Vedat Muriki tomonidan ochildi. 37-daqiqada Arda Gyuler hisobni tenglashtirgan boʻlsa, 38-daqiqa Vinitsius Junior “qirollik klubi”ga gʻalaba keltirgan golni kiritdi.
Shu tariqa 3 ta oʻyinda 3 ta gʻalabaga erishgan Madrid klubi onlayn jadvalda La Liga peshqadami boʻlib turibdi. Klub oʻzining keyingi oʻyinini 13-sentyabr sanacida “Real Sosyedad” jamoasiga qarshi oʻtkazadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring