Rasman: “Perevod” uchun qabul 15-iyuldan boshlanadi
Xorijda tahsil olayotgan talabalar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga Oʻzbekistondagi OTMga oʻqishini koʻchirish tartibi va muddatini soʻrab soʻrovlar yuborishgan. Mazkur savolga vazirlik Matbuot kotibi Nazokat Abduqunduzova javob berdi.
«Har yili xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan respublikamizning davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishni koʻchirish boʻyicha onlayn roʻyxatdan oʻtish 15-iyuldan 5-avgustga (shu kuni ham) qadar amalga oshiriladi. Hamda ular uchun belgilangan imtihonlar 5-avgustdan 30-avgustgacha boʻlgan muddat oraligʻida oʻtkaziladi.
Talabalar tomonidan onlayn arizalar Bilim va malakalarni baholash agentligining my.uzbmb.uz sayti orqali topshiriladi», deydi Abduqunduzova.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring