Rasman: Abbosbek Fayzullayev “Bashakshehir” klubiga koʻchib oʻtdi
Videodan kadr
Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Abbosbek Fayzullayev Turkiya chempionati vakili “Bashakshehir” klubiga koʻchib oʻtdi. Bu haqida Istanbul klubi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida maʼlum qildi.
Klubning rasmiy bayonotida keltirilishicha, oʻzbekistonlik 21 yoshli yarimhimoyachi bilan 5 yillik shartnoma tuzilgan.
Rossiya matbuotida tarqatgan xabarlarga koʻra, Fayzullayevning sobiq jamoasi SSKA ushbu transferdan 7,5 million yevro ishlab oladi. Futbolchi yangi jamoasida 120 ming dollar atrofida maosh olishi aytilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, yangi mavsum oldin Oʻzbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov ham “Istanbul Bashakshehir”ga ijara asosida oʻtgan edi.
Maʼlumot uchun, Fayzullayev SSKAda oʻtkazgan 2 mavsum davomida 72 ta bahsda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 22 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring