Ramazon Temirov UFC'dagi navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
Oʻzbekistonlik MMA jangchisi Ramazon Temirov UFC'dagi navbatdagi jangida Amerika vakili Charlz Jonsonni magʻlub etdi. Bu “Temurlan”ning ushbu tashkilotdagi ketma-ket ikkinchi gʻalabasi hisoblanadi.
Mazkur toʻqnashuv AQShning Nevada shtatida “UFC Fight Night 253” turniri doirasida boʻlib oʻtdi. Janglar oqshomining ilk bahsida oktagonga koʻtarilgan sportchilar toʻliq 3 raund davomida gʻalaba uchun kurashdi. Raundlar asosan tik oyoqda oʻtdi va yakunda ochkolar hisobi boʻyicha Temirovning qoʻli baland koʻtarildi.
Taʼkidlash joiz, Charlz Jonson ham chakana raqib emas edi. U bungacha UFC'da 10 ta jang oʻtkazgan boʻlib, shundan 7 ta gʻalaba, 3 magʻlubiyat qayd etgan. Jonson ketma-ket 4 ta jangdan iborat gʻalabali seriya bilan kelayotgandi, Temirov bugun ushbu seriyaga nuqta qoʻydi.
Maʼlumot uchun, eng yengil vazn toifasida jang olib boruvchi “Temurlan” UFC'dagi ilk jangini 2024-yilning oktyabrida amerikalik SiJey Vergaraga qarshi oʻtkazib, nokaut orqali gʻalaba qozongan edi. Oʻshanda uning bu harakatlari promoushen tomonidan yuqori baholanib, 50 ming dollarlik bonusga loyiq koʻrilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring