Quvasoylik mirishkor ikki sotixlik issiqxonadan 100 million soʻm daromad olmoqda
Foto: “Xalq soʻzi”
Botir Madiyorov/“Xalq soʻzi”. Quvasoy shahridagi “Bogʻbon” MFYda dehqonchilik va bogʻdorchilik drayver soha sifatida belgilangan boʻlib, 1412 ta aholi xonadonlari tomorqasida qulupnay, malina ekish orqali yaxshi daromad olinadi. Shuningdek, hududdagi salkam 1000 gektar mevazor bogʻdan gilos, shaftoli, oʻrik, behi, olmadan moʻl hosil olinib, xorijga eksport qilinmoqda.
Shu mahallada yashovchi Sardorbek Ahmadjonov bir necha yil Janubiy Koreyada ishlab, dehqonchilik sohasida ilm-fan yutuqlari, innovatsiyani oʻrgandi. Hozirda xonadoni tomorqasidagi 2 sotix issiqxonada Koreya tajribasi asosida qulupnay yetishtirishni yoʻlga qoʻygan. Oila aʼzolari yil davomida qulupnaydan oʻrtacha 80-100 million soʻm daromad topadi.
— Bu yil yana 50 dan ortiq xonadonda malina, qulupnay yetishtirishni yoʻlga qoʻyishni maqsad qilganmiz, — deydi “Bogʻbon” MFY hokim yordamchisi Sanobarxon Akbarova. — Ayni paytda mirishkor tomorqachilar xonadonida amaliy seminar oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrilyapti. Unda oʻz tomorqasida qulupnay, malina ekish istagida boʻlgan oilalar uchun mahorat darsi oʻtkaziladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring