Qurilishni vaqtida tugallamagan qurilish kompaniyasiga nisbatan ish qoʻzgʻatildi

Bektemir tumanida koʻp qavatli turar joy majmuasini qurayotgan “ZAMIN GREAT CITY” MCHJga nisbatan ish ochildi. Bu haqida Raqobat qoʻmitasi maʼlum qildi.
Unga koʻra, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasiga fuqaro tomonidan “ZAMIN GREAT CITY” MCHJ bilan tuzilgan shartnoma yuzasidan murojaat kelib tushgan.
Maʼlum boʻlishicha, fuqaro Toshkent shahri, Bektemir tumanidagi koʻp qavatli turarjoydan 39,47 kv.m maydonga ega 2 xonali xonadonni sotib olish uchun 252 million 608 ming soʻm toʻlovni amalga oshirgan. Biroq, shartnoma boʻyicha qurilish muddati 2024-yil 4 chorak etib belgilangan boʻlishiga qaramay, hanuzgacha uy topshirilmagan. Oʻrganishlar natijasida mazkur turar joy majmuasidagi qurilish ishlari toʻxtab qolgani aniqlangan.
Yuqoridagi holatlarni inobatga olib, Raqobat qoʻmitasi Maxsus komissiyasi tomonidan “ZAMIN GREAT CITY” MCHJga nisbatan ish qoʻzgʻatgan. Shuningdek, qurilish muddatlariga amal qilish, isteʼmolchilarning qonuniy huquqlarini himoya qilish va ularning moddiy manfaatlarini tiklash boʻyicha ham chora-tadbirlar belgilangan.
“Oʻzbekiston Respublikasining «Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 19-moddasiga muvofiq, isteʼmolchi belgilangan muddatda uy topshirilmagan taqdirda, shartnomadan voz kechish, yetkazilgan zararni qoplash va toʻlangan mablagʻni qaytarish huquqiga ega. Shuningdek, ijrochi qurilish muddatini buzgani uchun qonunchilikda nazarda tutilgan penya va boshqa majburiyatlarni bajarishi shart», — deyiladi qoʻmita xabarida.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasiga 2024-yilda qurilishda isteʼmolchilar huquqlarini buzilishi masalasi boʻyicha 1 ming 640 ta, 2025-yilning oʻtgan davri mobaynida esa 234 ta murojaatlar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarni koʻrib chiqish natijasida jami 16 milliard 159 million soʻmdan ortiq mablagʻ qayta hisob-kitob qilingan.
Raqobat qoʻmitasi isteʼmolchilarni qurilish shartnomalarini imzolashda ehtiyotkor boʻlishga, qurilish kompaniyalarini esa shartnomaviy majburiyatlariga qatʼiy rioya qilishga chaqirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Abdulaziz Komilov Italiyaning eng yuqori davlat mukofoti bilan taqdirlandi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring