Qozogʻistonda oʻzbekistonliklarni olib ketayotgan mashina YTHga uchradi
Foto: Telegram
Qozogʻistonning Chimkent viloyatida oʻzbekistonliklar boʻlgan avtomobil YTHga uchradi. Bu haqda “Tengrinews” xabar bermoqda.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Olmaota trassasining yoʻl taʼmirlash ishlari olib borilayotgan qismida “Opel Vectra” avtomobili “Toyota Alphard”ga borib urilgan.
Oqibatda yengil avtomobil haydovchisi voqea joyida halok boʻlgan. Yana yetti kishi jabrlangan.
Aniqlanishicha, jabrlanganlarning barchasi “Toyota Alphard” salonida boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari boʻlib, Qiziloʻrdadan uylariga qaytayotgan boʻlgan.
“Jabrlanganlar shifoxonaga yotqizilgan. Tergov ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rossiyadagi YTHda yetti nafar oʻzbekistonlik halok boʻlgani haqida xabar berilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring